Янгиликлар
28
Yangiyer shahar adliya bo‘limida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy etilayotgan yangi yondashuvlar va o‘zgarishlar, 2025-yil yakunlari hamda istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etib, aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Anjuman davomida 2025-yil mobaynida fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda qonunchilikdagi yangiliklarni aholi orasida keng targ‘ib etish yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.