Янгиликлар
28
KONTRAFAKT MAHSULOTLAR ISTE’MOLCHI VA ISHLAB CHIQARUVCHI UCHUN XAVF
Kontrafakt - bu huquq egasining tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini buzish hisoblanib, isteʼmolchini adashtirish darajasida tovar nomini o‘zgartirish sanaladi. Ko‘pincha kontrafakt mahsulot sifati past bo‘lgani uchun uning “umri” qisqa bo‘ladi va xaridor bir bor adashgan mahsulotni qaytib sotib olmaydi.
Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida kontrafakt mahsulotlarning salbiy oqibatlari, intellektual mulk huquqlarining ahamiyati haqida tushuncha berish maqsadida Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan savdo majmualarida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tadbirkorlar va xaridorlarga kontrafakt mahsulotlarning huquqiy oqibatlari, bunday mahsulotlarni sotish va sotib olish uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, asl va soxta tovarlarni farqlash usullari, tovar belgisini tekshirish yo‘llari bo‘yicha amaliy tushuntirishlar ham berildi.