Янгиликлар
28
Korrupsiya – iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar manbai
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tibbiyot birlashmasida “Korrupsiya – iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar manbai” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom mazmun-mohiyati haqida to'xtalib o'tildi.