Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“MULK HUQUQI KAFOLATLARI” — FUQAROLAR MANFAATLARI HIMOYASIDA




Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, mulk huquqini ta’minlashga qaratilgan ishlar doirasida tumandagi “Ahillik” hamda “Do‘stlik” mahallalarida “Mulk huquqi kafolatlari” aksiyasi doirasida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Sayyor qabullar davomida fuqarolarning mulk huquqiga oid murojaatlari o‘rganilib, yer uchastkalari, uy-joyni rasmiylashtirish, kadastr hujjatlari, meros masalalari hamda boshqa huquqiy muammolar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan mulk huquqi kafolatlari, ularni himoya qilish mexanizmlari haqida atroflicha tushunchalar borildi.

Tadbirda davomida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ayrim masalalar bo‘yicha joyida yechimlar topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar esa nazoratga olindi.