Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash - ustuvor vazifa




Sayxunobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi xodimlari Ittifoq mahallasida bo‘lib, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar, xususan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘z yuritilib, fuqarolarning savollariga batafsil javoblar berildi.