Янгиликлар
29
Xavfsiz mahalla - barqaror jamiyat poydevori
Ushbu shior ostida Guliston shahar Bahor mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S. Tog‘ayev ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari mazmun-mohiyati, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishda adliya organlarining o‘rni, nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiya institutining ahamiyati hamda huquqiy profilaktika masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda notariat, FHDY bo‘limi, kadastr, kommunal soha hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan aholiga bepul dori-darmonlar tarqatildi.