Янгиликлар
30
Xotin-qizlar huquqlari va jinoyatchilikning oldini olish - muhim vazifa
Xovos tuman 2-son FHDY bo‘limi tomonidan xotin-qizlar va aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlari, ularning oldini olish yo‘llari hamda bunday vaziyatlarda murojaat qilish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning oilaviy, mehnat va ijtimoiy sohadagi huquqlari, davlat tomonidan yaratilayotgan huquqiy kafolatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.