Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bilib qo‘ygan yaxshi.


Sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasiga asosan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.

Bunda, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik deb Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etganlik tushuniladi.

Ya’ni, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasiga ko‘ra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik deb topiladi.

Shuni bilish muhimki, nikoh erkak va ayolning o‘zaro birgalikda yashash va oila qurishga qaratilgan ittifoqi hisoblanishi sababli oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik holati faqatgina er yoki xotin tomonidan sodir etilgan bo‘lishi lozim bo‘lib, oilaning boshqa a’zolari tomonidan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilganligi yarashish uchun muhlat tayinlamaslikka asos bo‘lmaydi.

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Guliston tumanlararo

sudining sudyasi                                                                              D. Burxonov