Янгиликлар
15
19 yillik shar’iy nikoh qonuniy rasmiylashtirildi
Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan 19 yildan buyon shar’iy nikoh asosida yashab kelgan oilaning nikohi qonuniy qayd qilindi.
Ular 2007-yildan buyon birga hayot kechirib, bugun to‘rt nafar farzandni tarbiyalab kelayotgan mehribon ota-onadir. Yillar davomida shakllangan oilaviy totuvlik, sabr va mas’uliyat nikohning qonuniy rasmiylashtirilishi bilan yanada mustahkamlandi.