Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” - tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar



Sirdaryo tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi tadbir davomida yangi tartibning asosiy afzalliklari, xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilgani, biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari soddalashtirilib, xizmatlar ko‘rsatish muddatlari keskin qisqartirilgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Ayniqsa, hujjatlarni rasmiylashtirishda inson omilini kamaytirish hamda vaqt va xarajatlarni tejash imkoniyatlari tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.