Янгиликлар
16
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Fuqarolik jamiyati institutlarining adliya, soliq va statistika organlariga topshiradigan hisobotlarida elektron platformalar imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Tadbirda dastlab “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi. Unda mamlakatni uzoq muddatli rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar, islohotlarning izchil davom ettirilishi, aholi farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati davomida e-ngo.uz, my.soliq.uz hamda davlat statistika organlarining elektron axborot tizimlari orqali hisobot topshirish tartibi, elektron raqamli imzodan foydalanish, hisobot yukini kamaytirish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi va fikr almashildi.