Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Oqoltinda “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida ochiq dars o‘tkazildi


Oqoltin tumanidagi 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti o'tkazildi. Mazkur ta’lim muassasasi tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan bo‘lib, maktabda huquqiy bilimlarni chuqurlashtirib o‘rgatishga yo‘naltirilgan huquq sinfi tashkil etilgan.

Ochiq dars mashg‘uloti Konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlar mavzusiga bag‘ishlanib, unda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, shuningdek, fuqarolarning jamiyat va davlat oldidagi burchlari sodda va tushunarli misollar orqali tushuntirildi.

Mashg‘ulot davomida interaktiv savol-javoblar tashkil etilildi hamda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.