Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

SAYYOR XIZMAT - QULAY IMKONIYAT


Sardoba tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan Yangiqishloq mahallasida aholiga sayyor xizmat ko‘rsatish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va ulardan foydalanish, shuningdek my.gov.uz portali, Mobil ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish tartibi, elektron ariza topshirish imkoniyatlari va ularning afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Sayyor xizmat davomida bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, elektron raqamli imzo kalitini olish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha 20 dan ortiq davlat xizmatlari  ko‘rsatildi.