Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

"HUQUQIY MAHALLA" LOYIHASI AMALDA


“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar aholiga professional huquqiy yordam ko‘rsatish, joylarda aniqlanayotgan tizimli muammolarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan.

Oqoltin tumanidagi Ahillik mahallasi huquqiy mahalla sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu hududda “Adliya kuni” tashkil etildi. Tadbir davomida aholiga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar tushuntirildi, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi va joyida huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbir doirasida uyma-uy yurish orqali aholi bilan bevosita muloqot qilinib, mavjud huquqiy muammolar o‘rganildi. Qo‘shimcha o‘rganish muddatini talab qiladigan masalalar tegishli tizimga kiritilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.