Янгиликлар
24
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan
Mirzaobod tuman adliya bo'limi tomonidan 31-umumta'lim maktabining "Huquq sinfi"da “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolarning huquq, burch va majburiyatlari tushuntirildi.
Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, "Mening mahallamda jinoyatchilik bo'lmaydi" dasturi doirasida yoshlar o'rtasida profilaktik suhbat o'tkazildi.
Muloqot davomida qonunlarga hurmat, ona yurtga ehtirom, milliy va umumbashariy qadriyatlar haqida fikr-mulohaza yuritilib, mavzu doirasida savol-javoblar uyushtirildi.