Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI DOIRASIDA


Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, shuningdek, ta’lim tizimidagi islohotlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbirda, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari haqida misollar orqali tushuntirishlar berildi. Bu borada ota-onalar mas’uliyatini oshirish, farzandlar tarbiyasida e’tibor va nazoratni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.