Янгиликлар
24
OTALIQQA BIRIKTIRILGAN YOSHLAR DOIMO E'TIBORDA
Boyovut tumanidagi 8-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Umida Egamberdiya bugun bilim olishga chanqoq, kelajagini aniq maqsadlar bilan belgilab olgan. U Boyovut tuman adliya bo‘limiga otaliqqa biriktirilgan bo‘lib, ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlik uning hayotida muhim o‘rin tutmoqda.
Umidaning eng katta orzusi kelajakda malakali shifokor bo‘lib, insonlar salomatligini asrashga hissa qo‘shish. Bu maqsad sari intilishda unga adliya bo‘limi mas’ullari ham doimiy ko‘mak berib kelmoqda. Adliya tashabbusi bilan Umida maktabda faoliyat yuritayotgan bir nechta to‘garaklarga jalb etildi.
To‘garaklardagi mashg‘ulotlar Umidaga o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam bermoqda.