Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Adliya kuni” o‘tkazildi


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan "Sohil" va "Navbahor" mahallalarida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, shuningdek, eng ko‘p uchrayotgan huquqiy masalalar yuzasidan zaruriy tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, yoshlar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari tushuntirilib, bu borada ota-onalar mas’uliyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Muloqotlar davomida energoresurslardan oqilona foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Yakunda aholining muammolari tinglanib, tushuntirish berildi hamda  sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.