Янгиликлар
25
Milliy gvardiya o‘quv markazida Yuridik texnikum talabalari, uyushmagan yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, MV huzuridagi Jamoatchilik kengashi Sirdaryo viloyati bo‘linma a’zolari, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, MMT boshqarmasi shahar bo‘limi hamda Milliy gvardiya faxriylari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida faxriylar o‘zlarining mashaqqatli hayot yo‘llari, harbiy xizmatdagi tajribalari, shuningdek, hozirgi kunda yurtboshimiz tamonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.
Ushbu uchrashuv yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy xizmatga hamda harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.