Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI



Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchi yoshlar uchun “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Mo‘minjonov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, shuningdek, davlatning xalqchil boshqaruv tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘quvchilar Konstitutsiyaning inson qadrini ulug‘lash, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, sog‘lom hayot kechirishi, erkin fikrlashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.