Янгиликлар
28
KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI
Konstitutsiya – bu davlatning bosh Qonuni, jamiyat hayotining bosh mezoni. U nafaqat qonunlar to‘plami, balki har bir fuqaroning hayotida muhim o‘rin tutadigan dasturil-amal sifatida xizmat qiladi. Chunki unda belgilab qo‘yilgan qoidalar inson huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, jamiyatda barqarorlik, adolat va huquqiy tartibotni ta’minlaydi.
Shirin shahridagi harbiy qismda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D. Umurzoqova, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi mutaxassisi O. Muhammadjonov, Shirin shahar adliya bo‘limi boshlig‘i J. Urinbayev hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari X. Turdiyeva ishtirok etib, Konstitutsiyaning yangilangan normalari, fuqarolarning huquq va erkinliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi.