Янгиликлар
29
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida Guliston shahar adliya bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi vakili ishtirokida “Ma’naviyat” mahallasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida ishtirokchilarga oilaviy zo‘ravonlikning huquqiy oqibatlari, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan himoya va yordam choralari, shu jumladan, himoya orderini rasmiylashtirish tartibi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng mahalladagi xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.