Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida


Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan 2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha davom etadigan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusidagi xalqaro kampaniyaga start berildi.

Mazkur kampaniya doirasida Guliston tumani adliya bo‘limi, FHDYo bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda tuman Yuridik yordam markazi hamkorligida 2-son maktabgacha ta’lim muassasasida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda raqamli makonda himoya mexanizmlari, mavjud qonunchilik asoslari, ayollar uchun mo‘ljallangan murojaat kanallari hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ko‘mak beruvchi xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan real misollar asosida suhbatlar tashkil etilib, xotin-qizlarni raqamli makonda ogohlik va ehtiyotkorlikka chaqirildi.