Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

"TARG'IBOT POYEZDI" SIRDARYODA




Konstitutsiya erkin va farovon hayot garovi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning tashabbus va takliflari asosida yanada boyitildi, huquqiy normalar mustahkamlandi.

Aholining, ayniqsa yoshlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

Bugun Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan tadbirda Konstitutsiya mazmun-mohiyati, jamiyat rivoji va xalqimiz farovonligini ta'minlashda asosiy qonunnig ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Uchrashv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi hamda aholi uchun dolzarb bo'lgan asosiy huquqlar haqida tushunchalar berildi.