Янгиликлар
01
“Targ‘ibot poyezdi” harbiy xizmatchilar orasida
“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, Konstitutsiyaga oid bilimlarini mustahkamlash maqsad qilingan.
Targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi tadbir Milliy Gvardiya Sirdaryo viloyati bo’yicha boshqarmasida tashkil etildi.
Tadbir davomida volontyorlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, asosiy qonunda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan normalarning ahamiyati haqida batafsil so'z yuritishdi.