Янгиликлар
01
“Targ‘ibot poyezdi” yoshlarning Konstitutsiya bilimlarini sinadi
“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Guliston shahar 18-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Mazmunli va interfaol tarzda tashkil etilgan uchrashuvda o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir davomida volontyorlar tomonidan savol-javoblar, huquqiy testlar hamda viktorinalar o‘tkazilib, o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligi baholandi.
Eng faol va bilimdon ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.