Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Konstitutsiya - adolat mezoni



Boyovut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Madaniyat saroyida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Boyovut tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi Shahriyor Nosirov Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumot berdi.

Uchrashuvda yangilangan Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasiga tayangan holda ishlab chiqilib, uning asosida “Inson qadri uchun” g‘oyasi qaror topganligi alohida ta’kidlandi.