Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amaliy ishlar olib borildi


Guliston shahri “Shodlik” mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash, daromad manbalarini mustahkamlash va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov mahalladagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Oilalarning kundalik ehtiyojlari, bandlik bilan bog‘liq masalalari, huquqiy savodxonligi va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji tahlil qilindi.

Shuningdek, ularning murojaatini qanoatlantirish hamda turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.