Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Targ‘ibot poyezdi Yangiyerda



“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer shahar filialida davom ettirildi. Tadbirda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda mustahkamlangan yangilangan normalar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan asosiy tamoyillar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Konstitutsiyada belgilangan fuqarolarning burch va mas’uliyatlari, davlat organlarining ochiqlik, adolat va javobgarlik tamoyillari tushuntirildi.

Tadbir davomida “tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida yoshlar siyosatining mazmuni, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ular uchun ta’lim, innovatsiya, tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.