Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Targ‘ibot poyezdi texnikum o‘quvchilari bilan muloqotda



Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” degan bosh g‘oya asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Targ‘ibot poyezdi” volontyorlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy inson huquqlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fuqarolarning erkinlik va tenglik kafolatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Volontyorlar ishtirokchilar bilan savol-javob shaklida muloqot o‘tkazib, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati, jamiyat taraqqiyotida qonun ustuvorligining ahamiyati borasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Tadbir o‘quvchilar uchun nafaqat bilim manbai, balki ularda huquqiy ong va madaniyatni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim uchrashuv bo‘ldi.