Янгиликлар
02
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”
Kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer shahar filialida Milliy tiklanish demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda partiya viloyat Kengashi raisi Norbobo Soatov, shahar deputati Jamoliddin Komilov, shuningdek, Guliston shahar Adliya bo‘limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi direktori Baxtiyor Zoirov ishtirok etdi.
Davra suhbatida Konstitutsiyaning yangi tahriri, undagi demokratik islohotlar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi yangiliklar yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar Konstitutsiya jamiyat taraqqiyoti va inson baxti uchun mustahkam huquqiy poydevor ekanini ta’kidladilar.