Янгиликлар
03
Inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Guliston shahar adliya bo‘limi hamda shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tomonidan viloyat Bojxona boshqarmasida “Inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi o‘rni, undagi yangilangan normalarning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilindi. Ayniqsa, inson qadri ustuvorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ijtimoiy adolat tamoyillarining hayotga tatbiq etilayotgani borasida fikr-mulohazlar bildirildi.