Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Raqamli zo‘ravonlikka barham beraylik!


Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida Shirin shahrining A.Temur mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida raqamli makonda uchrayotgan zo‘ravonlik turlari, shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish, xabarlar orqali tahdid qilish, yolg‘on axborot tarqatish kabi holatlarning oqibatlari, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik talablari, zo‘ravonlikka qarshi kurashishdagi davlat organlarining vazifalari hamda aholining murojaat qilish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.