Янгиликлар
03
Fuqaroning asosiy huquqlarini tiklash yo‘lida
Bugungi kunda aholining huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan ta’minlash adliya organlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ezgu sa’y-harakat ham aynan shu maqsadlarga xizmat qildi.
Fuqaro V. Peshaxanov uzoq yillar davomida hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmay yashab kelgan. Bu holat uni qator qiyinchiliklarga duchor qilgan. Chunki shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo‘qligi tufayli u o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat xizmatlaridan foydalanish, ayrim asosiy ehtiyojlarini hal qilishda ham cheklovlarga duch kelgan.
Guliston shahar FHDY bo‘limi ushbu masalani o‘rganib chiqib, uning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotlarini Qozog‘iston Respublikasining vakolatli organlariga so‘rovnoma yuborish orqali aniqladi. Natijada, V. Peshaxanovning Qozog‘istonda tug‘ilgani rasmiy tasdiqlandi.