Янгиликлар
03
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tadbir o‘tkazildi
Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 28-umumta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga bolalar huquqlarini himoya qilishga oid asosiy me’yorlar, ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar, shuningdek, ta’lim olish, erkin fikrlash, shaxsiy daxlsizlik, salomatlik va xavfsizlik huquqlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqotda bo‘lishning ahamiyati borasida zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.