Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Targ‘ibot poyezdi” Guliston davlat universitetida to‘xtadi




O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasidagi navbatdagi  tadbir Guliston davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rnini chuqur anglatishga qaratildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, yoshlar yetakchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Loyiha volontyorlari Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, unda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, demokratik qadriyatlar, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan erkin fikr almashinuvi tashkil etildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, huquqiy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir doirasida huquqiy test va viktorinalar o‘tkazildi.