Янгиликлар
04
Sirdaryoda yana 253 nafar fuqaroga uy-joyga egalik huquqi berildi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining tegishli qarori bilan yana 253 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etildi.
Egalik huquqining rasmiy e’tirof etilgani endilikda ushbu fuqarolarga o‘z mulklarini to‘laqonli tasarruf etish imkonini beradi.
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 700 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.