Янгиликлар
04
Bolalar va yoshlar huquqlari qonun himoyasida
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish — davlatning ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda, Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 5-umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning yoshlar huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni hamda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar batafsil tushuntirildi. Muloqotda ta’limga bo‘lgan huquq, sog‘liqni saqlash, mehnatga tayyorlash kabi asosiy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.