Янгиликлар
17
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yangi bosqich
“Biznes yuritishni hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni tadbirkorlar uchun ma’muriy xarajatlarni keskin qisqartirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Boyovut tuman hokimligida seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Xolmatov Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili orqali tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni ancha soddalashtirilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.