Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Tug‘ilish hujjati - farzand huquqlarining kafolati


Sardoba tumanida yashovchi Axmedovlar oilasida 2008 va 2010-yillarda tug‘ilgan ikki nafar farzandning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo‘lmagan.

Ayrim sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan ushbu hujjat oilaga kundalik hayotda ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan. Jumladan, ta’lim muassasalariga joylashish, tibbiy xizmatlardan to‘liq foydalanish hamda boshqa ijtimoiy huquqlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning murojaati asosida Sardoba tuman FHDY bo‘limi tomonidan zarur hujjatlar o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq muddati o‘tgan tug‘ilishlarni rasmiy qayd etish ishlari amalga oshirildi. Natijada, farzandlarning tug‘ilishi belgilangan tartibda qayd etilib,  tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.