Янгиликлар
17
Boyovutda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi 1-son va 30-sonli umumta’lim maktablarining o‘quvchilari, hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Boyovut tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo‘limlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, huquqiy masalalar yuzasidan murojaat qilish imkoniyatlari, tug‘ilish, nikoh va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.