Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Vengriya davlat boshqaruvi va hududiy rivojlanish vaziri T.Navrachich Guliston shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi


Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga markazda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, jarayonlarning raqamlashtirilish darajasi, “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Markazda pasport va ID-karta berish, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi qator xizmatlarning qulay va shaffof tartibda yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish tizimi, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan infratuzilma va kengaytirilgan kutish zallari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.