Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

«Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!»


Guliston shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni shahar hokimi o’rinbosari Dilmurod Tashbayev kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Dilnoza Umurzoqova, pedagogika instituti katta o’qituvchisi Yo’ldosh Karimov va shahar ma’naviyat bo’linmasi rahbari I.Norbekovlar ma’ruza qilishdi.

Konstitutsiya jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan, uning mustahkam turishi, maqsad va muddaolariga erishishida muhim omil hisoblanadi. Shu ma’noda Respublikamiz Konstitutsiyasi xalqimizning hayotida dasturulamal, har bir insonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy munosabatlarda subyekt sifatida ishtirokini ta’minlaydigan, kafolatlaydigan hujjatdir. Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha muhokama va savol javoblar bo‘ldi.