Янгиликлар
05
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi
Unda boshqarma rahbariyati va soha xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov ochib, barchani bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida Konstitutsiyaning mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash, iqtisodiy va huquqiy islohotlarni jadallashtirishdagi beqiyos o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh soha xodimlari munosib taqdirlandi.