Янгиликлар
06
GULISTONDA “KONSTITUTSIYA KO‘CHASI” TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
Tadbir davomida adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar, bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan “Huquqiy maslahat burchaklari” faoliyati yo'lga qo'yilib, aholi va yoshlarga Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan bepul maslahatlar berildi.
“Konstitutsiya ko‘chasi” doirasida konstitutsiyaviy taraqqiyot bosqichlarini yorituvchi tarixiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shaxsiy huquqlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Shuningdek, Sirdaryo yuridik texnikumi o‘quvchilari tomonidan Konstitutsiya bo‘yicha kuiz va chellenjlar, viktorinalar o‘tkazildi.