Янгиликлар
09
Bolalar va yoshlarning huquqlari himoyada
Guliston shahar Adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 12-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda bolalar va yoshlarning o‘z huquqlarini bilishi, ularning huquqlari buzilganda qanday choralar ko‘rish mumkinligi yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda tarqatma materiallar ulashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomidaKonstitutsiya mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda bolalar zo‘ravonligi va bulling holatlarining oldini olish, bu borada huquqiy savodxonlikni oshirish, uyushmagan yoshlar bilan tizimli ishlash, nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.