Янгиликлар
09
Bolalar va yoshlarning huquqlari himoya qilinadi
Guliston davlat pedagogika institutida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari B.Abduxolikov va E.G’aniyev tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida adliya mas’ullari tomonidan bolalar va yoshlar uchun davlat tomonidan yaratilgan huquqiy kafolatlar, huquqlarni himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, turli xavf-xatarlardan himoyalanishga oid amaliy tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yoshlar ongida zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy madaniyatni mustahkamlash va ijtimoiy hayotdagi mas’uliyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan savol-javoblar, muhokamalar va targ‘ibot materiallari yoshlarning huquqiy bilimlarini boyitishga, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.