Янгиликлар
09
"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuni munosabati bilan ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
Bugun, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Boyovut tumanida mazkur yo‘nalishga bag‘ishlangan ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbirda korrupsiyaning jamiyat rivojiga ta’siri, uni oldini olishning zamonaviy yondashuvlari hamda halollik tamoyillarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish adolatli, barqaror va farovon jamiyatni shakllantirishda strategik yo‘nalish ekani ta’kidlandi. Ishtirokchilar halollik, mas’uliyat va xalqqa sadoqat kabi ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashda faol pozitsiyada bo‘lishi zarurligini qayd etdi.