Янгиликлар
10
DAVLAT MADHIYASI - SUVERENITET TIMSOLI
10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.
Sana munosabati bilan bugun Sirdaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida ish kuni davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi davlat suverenitetining timsoli bo‘lib, yurtimizning tarixiy o‘tmishi, bugungi taraqqiyoti va kelajakka bo‘lgan intilishlarini aks ettiradi.
Madhiyani hurmat qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi sanaladi.