Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Sayxunobodda Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi


Unda tuman tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Sayxunobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i B. Nazarov “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartib-qoidalar, madhiyani ijro etish jarayonida fuqarolarning hurmat-ehtirom bilan munosabat bildirish majburiyatlari, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga madhiyaga nisbatan hurmatsizlik qonunchilikda javobgarlikka sabab bo‘lishi, har bir fuqaro davlat ramzlariga sadoqat bilan yondashishi zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.